Joriy yilning 9 sentabr kuni investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boshchiligida Birlashgan Arab Amirliklari va Fransiya investorlari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilish bo‘yicha idoralararo ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida har bir loyiha alohida tahlil qilindi, hamkorlikning hozirgi holati o‘rganildi va dolzarb masalalar aniqlandi. Tegishli rahbarlar bilan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirilishini tezlashtirishga qaratilgan tadbirlar maqsadli ravishda ishlab chiqildi.
Amalga oshirilayotgan loyihalarning ko‘lami va makroiqtisodiy ahamiyatidan kelib chiqib, kelib tushadigan so‘rovlarga zudlik bilan javob qaytarish maqsadida vazirliklar, idoralar va tijorat banklari rahbarlarining alohida e'tiborlari amirlik va fransuz hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lishlari zarurligiga qaratildi.
Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish va har bir yo‘nalishda aniq kelishuvlarga erishish maqsadida vazirliklar va idoralarning rahbarlari va mutaxassislaridan iborat ixtisoslashgan ishchi guruhlarini yuborish tashabbusi ham ishlab chiqildi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, erishilgan kelishuvlarning so‘zsiz va o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlash vazifasi yuklatildi.