Yevroittifoq Turkiyadagi qochoqlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 5,6 milliard yevro ajratdi

Jahon 17:02 / 09.09.2019 4974

Yevroittifoq maxsus fond orqali Turkiyadagi qochoqlarni qo‘llab-quvvatlash uchun rejalashtirilgan 6 milliard yevrodan 5,6 milliard yevrosini ajratdi. Bu haqda Yevrokomissiya matbuot xizmati vakili xabar qildi.

"YeI o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etmoqda. Turkiyadagi qochoqlar uchun fond orqali Yevroittifoqning 6 milliard yevro mablag‘idan 5,6 milliardi o‘tkazildi, qisqa vaqt ichida qolgan mablag‘ ham o‘tkazib beriladi", - dedi Yevrokomissiya vakili.

2015 yilda Yevrokengash tashabbusi bilan Turkiyadagi qochoqlarni qo‘llab-quvvatlash uchun fond tashkil etilgandi. Ushbu fondning umumiy budjeti 6 milliard yevroni tashkil etadi.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Turkiya suriyalik qochoqlarni joylashtirish masalasida xalqaro qo‘llab-quvvatlov olmasa, Anqara ularga Yevropaga o‘tish yo‘lini ochib yuborishini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: