Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Afg‘onistondagi o‘zbek yoshlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda
Shu yilning 1 sentyabridan 1 oktyabriga qadar O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan Afg‘oniston Islom Respublikasida yashovchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Tinchlik uchun” xalqaro xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Mazkur aksiya orqali Afg‘onistondagi ota-ona qaramog‘isiz qolgan, og‘ir sharoitlarda yashayotgan etnik o‘zbeklar va afg‘on yoshlarning muammolariga keng jamoatchilik e'tiborini qaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.
Assotsiatsiya vakillari dastlab shu yilning may oyida xizmat safari doirasida Afg‘oniston Islom Respublikasining Xayraton va Mozori Sharif shaharlarida istiqomat qilayotgan etnik o‘zbeklarning turmush tarzi bilan yaqindan tanishdi.
Zaxiriddin Muhammad Bobur nomidagi maktab (O‘zbekiston tomonidan 2014 yilda sovg‘a qilib qurib berilgan) va G‘ulom Muhammadi Maymanagi nomidagi xususiy maktabga tashrif buyurildi va ta'lim olayotgan etnik o‘zbeklarning muammolari o‘rganib chiqildi va “Tinchlik uchun” xalqaro xayriya aksiyasini o‘tkazishga kelishib olindi.
Xalqaro xayriya aksiyasi doirasidagi barcha mablag‘lar “Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar bilan ishlash markazi” nodavlat notijorat tashkilotining quyidagi maxsus hisob raqamiga (X/R 2021 2000 4008 2353 6002; INN: 207 268 312; MFO: 00407) yo‘naltiriladi. Shuningdek, xayriya ishlari CLICK va Payme xizmatlari orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Kelib tushgan barcha mablag‘lar yoshlar uchun zarur bo‘lgan lotin grafikasidagi o‘zbek tilidagi adabiyot namunalari, o‘quv darsliklar va o‘quv qurollari hamda kiyim-kechaklar xarid qilish uchun sarflanadi.
Aksiya doirasida kelib tushgan barcha mulklar O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston Bosh konsulxonasi yordamida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati orqali Afg‘oniston Islom Respublikasiga jo‘natiladi.
To‘lovni amalga oshirish qoidasi: belgilangan hisob raqamiga #tinchlikuchun xeshtegi ostida xayriya aksiyasi uchun ixtiyoriy yordam puli yo‘naltiriladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Fransiya X ijtimoiy tarmog‘iga jinoiy ish ochdi
Jahon | 17:05
-
VALVOLINE – Konferensiya 2025: FIFA Jahon Chempionati, FORMULA 1, Gollandiyaga sayohat
O‘zbekiston | 17:00
-
To‘la benzin baki bilan 2100 km - Geely Galaxy A7 sedani sotuvga chiqdi
Fan-texnika | 16:48
Mavzuga oid

22:37 / 30.10.2020
To‘qqiz kunlik bepul tekshiruv: tug‘ma yurak porogi bor bemorlar uchun aksiya o‘tkaziladi

23:06 / 14.11.2019
Ibrat: «Turonbank» oqqonga chalingan bemorlarga 50 mln so‘mlik dorilar taqdim etdi

18:53 / 16.10.2019
Navoiy viloyatida yurak xastaligiga chalingan yoshlar davolanishi uchun xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda

19:43 / 17.06.2019