O‘zbekiston olimpiya jamoasi Eronni yirik hisobda mag‘lub etdi

Sport 20:58 / 09.09.2019 19699

Toshkentda O‘zbekiston U23 va Eron U23 jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi.

Bahsda Lyubinko Drulovich shogirdlari 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Bobur Abduxoliqov uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, uch kun oldin o‘tkazilgan bu jamoalarning ilk o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston olimpiyachilari Jasur Yaxshiboyev tomonidan urilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozonishgan edi.

O‘rtoqlik o‘yini
9 sentabr, Toshkent
O‘zbekiston U23 – Eron U23 4:1

Gollar: Bobur Abduxoliqov (18, 36, 69), Jasur Yaxshiboyev (53) – Mahdiy Goyyedi (50).
O‘zbekiston U23: Abduvohid Ne'matov, Husniddin Aliqulov, Islom Qobilov, Ilhom Alijonov, Dilshod Saitov, Abdulla Abdullayev, Abror Ismoilov, Bobir Abdixoliqov, Nurillo To‘xtasinov, Jasur Yaxshiboyev, Mirjahon Mirahmadov.  
Zaxira: Nizom Ziyovutdinov, Mashxur Muhammadjonov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Sherzod Nasrullayev, Shahboz Jo‘rabekov, Oybek Rustamov, Islom Kenjaboyev, Islom Rashidxonov, Bobur Asqarov, Asad Sobirjonov, Sanjar Qodirqulov, Aziz Amonov.

Ko‘proq yangiliklar: