O‘zbekiston jamoasi boks bo‘yicha jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

Sport 17:00 / 09.09.2019 35046

9 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Musobaqaning birinchi kun dasturida O‘zbekiston terma jamoasi vakili Fanat Qahramonov bahslarga kirishdi.

-75 kilogramm vazn toifasida mo‘g‘ilistonlik Davanyam Davasurenga qarshi bahs olib borgan Fanat Qahramonov uch raundlik jang yakunida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi - 5:0.

Endi Qahramonov ikkinchi bosqichni 14 sentabr kuni avstraliyalik Adrian Kammaranoga qarshi o‘tkazadi.

10 sentabr kuni o‘zbekistonlik boshqa sportchilar ham o‘z ishtiroklarini boshlashadi. Terma jamoaning qolgan vakillari quyidagi raqiblarga qarshi ringga chiqishadi:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Gulijanov (Turkmaniston)
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – De Andrade (Braziliya) / Ivanov (Polsha)
-63 kg: Elnur Abduraimov – Bin Baziz (Jazoir)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Arregui (Argentina) / Mikkalef (Chernogoriya)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Narmandax Shinebayar (Mo‘g‘uliston)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Xulio Blanko (Kolumbiya) / Teysheyra Da Silva (Braziliya)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Rogava (Ukraina) / Ramazon Purdelavar (Eron).

Turnir 21 sentyabrga qadar davom etadi. Turnirda jahonning 91 mamlakatidan jami 488 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: