Moliya vazirligi bo‘sh mablag‘larini depozitlarga joylashtirishda banklarga qo‘yiladigan talablar o‘zgaradi

Iqtisodiyot 09:07 / 09.09.2019 5255

Hukumatning “Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 maydagi 383 - sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi vaqtincha bo‘sh mablag‘larni depozitlarga joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi (Tijorat banklarining depozitlariga vaqtincha bo‘sh mablag‘larni joylashtirishda tijorat banklariga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar hisoblanadi) quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilishi mumkin:

“Vaqtincha bo‘sh mablag‘larni jalb etish paytida Markaziy bank tomonidan alohida operatsiyalarni amalga oshirish yoki bank faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha qo‘llanilgan sanksiyalarning mavjud emasligi;

“Standard & Poor’s” va “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentliklarining “V”  hamda “Moody’s” agentligining “V2” darajasidan past bo‘lmagan uzoq muddatli kredit reytingining mavjudligi.”.

Tijorat banklarining depozitlariga vaqtincha bo‘sh mablag‘larni joylashtirishda tijorat banklariga qo‘yiladigan asosiy talablar hozirda quyidagilar hisoblanadi:

har yillik tashqi audit ijobiy xulosasining mavjudligi;

tijorat bankida Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan ilgari joylashtirilgan depozitlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikning yo‘qligi.

Ko‘proq yangiliklar: