Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xizmatlari agentligi vakillari Qozog‘istonda xalqaro seminarda ishtirok etishdi

Davlat xizmatlari agentligi vakillari Qozog‘iston Respublikasining Nur-Sulton shahrida BMTning qochoqlar bo‘yicha Boshqarmasi hamda BMT Osiyo va Tinch Okeaniya bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy Komissiyasi tomonidan «Tug‘ilishda hech kim unitilmasligi kerak, har bir fuqaroning tan olinish huquqi» mavzusida tashkil etilgan Xalqaro seminarda ishtirok etdi.
Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston davlatlari turli mutasaddi idora va tashkilotlari rahbar va mutaxassislari, BMTning qochoqlar bo‘yicha Boshqarmasi, BMT Osiyo va Tinch Okeaniya bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy Komissiyasi, BMT bolalar Jamg‘armasi va boshqa xalqaro tashkilotlardan ekspertlar ham ishtirok etdi.
Seminarda quyidagilar muhokama qilindi:
- 2024 yilga qadar fuqarosizlikni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan Xalqaro rejaning joriy holati hamda xalqaro tendensiyalari masalalari;
- Ro‘yxatga olinmagan bolalarning ro‘yxatga olinishga huquqlarini Multimindikator klaster kuzatuvlari natijalari orqali o‘rganish muammolari;
- Fuqarosizlikni bartaraf etish va uni belgilash masalalari bo‘yicha 2018 yilgi Hududiy Konferensiyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va mazkur Konferensiyaning Yakuniy hujjatlari tahlili;
- Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari hamda tug‘ilishni ro‘yxatga olish bo‘yicha milliy tizimlarning holati, ushbu sohadagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar;
- Ota-onalari fuqaroligi bo‘lmaganlar farzandlarini ro‘yxatga olish masalalari;
- Aholini ro‘yxatga olishda fuqarolik masalalari va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar, shu jumladan DXA tomonidan tashabbus qilingan fuqarolarga nisbatan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari o‘z vaqtida qayd etilishini ta'minlash bo‘yicha «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va unda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ijobiy deb baholandi.
Unga ko‘ra, bugungi kunda barcha bolalarning tug‘ilishi belgilangan tartibda FHDYo organlarida qayd etilib borilayotgani e'tirof etildi.
Ma'lumot uchun, 2018 yil iyul oyidan 2019 yil iyul oyiga qadar Davlat xizmatlari agentligi tomonidan FHDYo bo‘limlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda «Hech bir bola qayd etilmasdan qolishi mumkin emas» shiori ostida umumdavlat ijtimoiy aksiyasi o‘tkazilib, uning doirasida hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan joylarga chiqib, fuqarolarga nisbatan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd etganlik yoki etmaganlik holatini uyma-uy yurgan holda to‘liq xatlovdan o‘tkazilgani natijasida 15 mingga yaqin bolalar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi govohnomalarga ega bo‘ldi.
Qarorga muvofiq, hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan joylarga chiqib, fuqarolarga nisbatan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd etganlik yoki etmaganlik holatini uyma-uy yurgan holda to‘liq xatlovdan o‘tkazilgani natijada FHDYo organlarida 17 938 nafar bolaga nisbatan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari qayd etilmagani aniqlandi. Shulardan, 14 799 nafar bolaga nisbatan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari qayd etildi. Boshqa holatlar bo‘yicha fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini rasmiylashtirish uchun tegishli vakolatli organlardan ma'umlotlar olish uchun so‘rovnomalar yuborildi, holatda fuqarolik holati faktini belgilash bo‘yicha tegishli sudlarga da'vo arizasi kiritilishida kumaklashildi va boshqa holatlar.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi
O‘zbekiston | 08:38
-
Maxsus xizmat: SBU zobitini otib ketgan FSB agentlari o‘ldirildi
Jahon | 08:00
-
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekiston | 07:51
-
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi
Jahon | 07:47
Mavzuga oid

14:56 / 31.12.2021
Bog‘chaga navbatga qo‘yish, xorijga chiqish uchun qo‘yilgan taqiqni aniqlash va yana uchta xizmatdan telefon orqali foydalanish mumkin

16:37 / 01.06.2021
«Mehr-5» operatsiyasida O‘zbekistonga olib kelingan bolalarga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar berildi

17:17 / 26.04.2021
Yilning birinchi choragida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 100 mingdan ortiq qonun buzilishi aniqlandi

09:14 / 14.04.2021