Apple Xitoy qonunlarini buzishda ayblanmoqda

Fan-texnika 17:40 / 09.09.2019 6912

Apple korporatsiyasi va uning hamkori Foxconn kompaniyasi Xitoydagi iPhone ishlab chiqarish fabrikasida ko‘plab vaqtinchalik ishchilardan foydalanish orqali qonun buzilishlarga yo‘l qo‘ygan. Bu haqda China Labor Watch (CLW) huquqni himoya qilish tashkilotiga asoslanib Bloomberg agentligi yozmoqda.

Xitoy korxonalaridagi mehnat sharoitlarini tahlil qilish bilan shug‘ullanadigan tashkilot xodimi tekshiruv o‘tkazish maqsadida to‘rt yil davomida Chjenchjoudagi Foxxconn zavodida ishlagan.

Uning aniqlashicha, 2019 yil avgustda korxonadagi vaqtinchalik ishchilar soni jami ishchilarning 50 foizga yaqinini tashkil etgan. Xitoy qonunlariga ko‘ra esa, bu miqdor ko‘pi bilan 10 foiz bo‘lishi lozim. Tashkilot Apple hamkorlari boshqa qonun buzilishlarga ham yo‘l qo‘yganini aniqlagan.

Vaqtinchalik ishchilarga avgust oxirida stajirovkasi tugagan talabalar kirgan. Hozirda vaqtinchalik ishchilar soni 30 foizga yaqin, ammo bu baribir qonun buzilishi hisoblanadi, deya qayd etadi CLW.

Ko‘proq yangiliklar: