Yevro-2020 saralashi. Portugaliya, Ukraina va Fransiyada g‘alaba

Sport 03:14 / 08.09.2019 10604

Yevro-2020 saralashi doirasida B va H guruhlaridagi navbatdagi o‘yinlar yakuniga yetdi.

B guruhida Portugaliya nihoyat birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ukraina mehmonda yirik hisobda g‘alaba qozonib, peshqadamlikni davom ettirmoqda.

H guruhida yetakchilar Fransiya va Turkiya g‘alaba qozonishdi. Turkiya kutilmaganda Andorra bilan ancha qiynaldi. 89-daqiqadagina to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Yevro-2020 saralashi.
B guruhi

Serbiya – Portugaliya 2:4
Gollar: Milenkovich (68), Mitrovich (85) – Karvalyu (42), Gedesh (58), Ronaldu (80), Bernardu (86).
Serbiya: Dmitrovich, Nastasich, Maksimovich, Kolarov, Milenkovich, Matich, Milivoyevich (Yovich, 87), Kostich (Katai, 83), Lazovich (Lyayich, 59), Tadich, Mitrovich.
Portugaliya: Patrisiu, Diash, Fonte, Semedu (Kanselu, 65), Gerreyru, Bernardu Silva, Danilu, Karvalyu, Fernandesh (Moutinyu, 85), Gedesh (Felish, 70), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Maksimovich (10), Diash (39), Kolarov (64), Karvalyu (89).

Litva – Ukraina 0:3
Gollar: Zinchenko (7), Marlos (27), Malinovskiy (62).

H guruhi

Fransiya – Albaniya 4:1
Gollar: Koman (8, 68), Jiru (27), Ikone (85) – Chikaleshi (90, penalti).
Fransiya: Loris, Pavar, Lyuka Ernandes (Din, 80), Langle, Varan, Lemar (Fekir, 84), Tolisso, Matyuidi, Koman (Ikone, 77), Grizmann, Jiru.
Albaniya: Strakosha, Gimshiti, Ismayli, Mavray, Xyusay, Ramadani (Gyasula, 54), Roshi, Abrashi (Jaka, 73), Bare, Balay (Chikaleshi, 61), Uzuni.
Onohlantirishlar: Gyasula (66), Jaka (78).

Turkiya – Andorra 1:0
Gol: Tufan (89).

Islandiya – Moldova 3:0
Gollar: Sigtorsson (31), Byarnason (55), Bodvarsson (77).

Ko‘proq yangiliklar: