Venger Messi va Ronalduni taqqosladi

Sport 22:57 / 08.09.2019 16507

«Arsenal» sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduni taqqosladi.

«Men ularning ikkalasini ham juda yaxshi deyishim mumkin, bittasini tanlash qiyin. Ular hisobida beshtadan «Oltin to‘p» bor, bu ham ularning bir xil darajada ekanligidan dalolat beradi.

Messi  – ijodkor futbolchi, hal qiluvchi gollarni uradi. U Ronaldudan ko‘ra ijodkorroq.

Ronaldu ko‘proq hujumni yakunlaydi, havoda yaxshiroq, chinakam atlet. Ammo Messidek o‘yinchi ko‘proq o‘ziga jalb qiladi», – deb Vengerning so‘zlarini keltiradi Bein Spors.

Ko‘proq yangiliklar: