Saudiya Arabistoni podshohi o‘z o‘g‘lini energetika vaziri etib tayinladi

Jahon 08:45 / 08.09.2019 8853

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud energetika vazirini o‘zgartirdi. U bu lavozimga o‘z o‘g‘li Abdulaziz bin Salmon Ol Saudni tayinladi. Bu haqda SPA axborot agentligi xabar berdi. 

Abdulaziz bin Salmon Ol Saud bungacha vazir o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan. 

Avval energetika, sanoat va ma'danli zaxiralar vazirligini Xolid bin Abdulaziz al-Faloh boshqargan. Biroq podshoh 30 avgustda alohida sanoat va ma'danli zaxiralar vazirligi tashkil etilishini e'lon qilgandi.  

Bir necha kundan keyin Xolid al-Faloh dunyoda neft qazib olish va eksport qilish bo‘yicha eng yirik kompaniya Saudi Aramco prezidenti lavozimidan olingan.

Saudiya Arabistoni podshohi va uning o‘g‘li, valiahd shahzoda Salmon Ol Saud o‘z oldilariga iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yoshlar uchun ish o‘rinlarini yaratishni maqsad qilib qo‘yishgan. Shu bilan bog‘liq holda podshoh 2018 yilda hukumatda o‘zgartirishlar amalga oshirib, uch yangi vazirni tayinlagan.

Ko‘proq yangiliklar: