Hindiston S-400 sotib olish uchun pul o‘tkazdi

Jahon 17:23 / 08.09.2019 21552

Hindistonga S-400 majmualari 18-19 oy ichida yetkazib beriladi, shartnoma uchun bo‘nak to‘landi, deb ma'lum qildi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisov.

Rossiya va Hindiston 2018 yil oktyabrda S-400 majmualari yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagandi. Beshta zenit-raketa tizimlari polki Nyu-Dehliga 5,43 milliard dollarga tushadi.

Rossiya va Hindiston o‘rtasidagi mudofaa shartnomasi Vashington tomonidan bir necha bor tanqid qilingandi. AQSh 2018 yilda Hindiston Rossiyadan S-400 sotib olish bo‘yicha shartnomadan voz kechishi kerakligini talab qilgandi.

AQSh Hindistonga nisbatan sanksiyalar joriy etilishi mumkinligini istisno qilmadi. Hindiston esa bir tomonlama cheklovlar noto‘g‘ri bo‘lishini ta'kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: