Fransiya Prezidenti Albaniyadan uzr so‘radi

Sport 22:10 / 08.09.2019 11333

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Albaniya bosh vaziri Edi Ramadan Fransiya – Albaniya o‘yinidan oldin madhiya bilan bog‘liq bo‘lgan voqea uchun uzr so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, tashkilotchilarning xatosi tufayli Albaniya madhiyasi o‘rniga Andorra madhiyasi yangradi. Ustiga-ustak stadion suxandoni xato qilganini aytib, Armanistondan (Albaniya o‘rniga) uzr so‘radi.

«Prezident Makron Fransiya futbol federatsiyasi milliy madhiyamizni qo‘yishda yo‘l qo‘ygan xatosi, nazoratsizligi uchun samimiy uzr so‘radi.

Buni «qabul qilib bo‘lmaydigan xato» deb atab, futbolchilarimizning munosabatini to‘g‘ri baholadi va uzrini yetkazib qo‘yishimni so‘radi», – deb yozadi Rama «tvitter»ida .

Ko‘proq yangiliklar: