Banklarning foyda taqsimoti nazorat qilinishi mumkin

Iqtisodiyot 15:02 / 08.09.2019 14942

Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi ishchi guruhi hamda Markaziy bank vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunga kiritilishi kutilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar muhokama qilindi.

Ma'lum qilinishicha, banklar o‘z foyda taqsimotida Markaziy bank roziligini olishi qonunga kiritilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, banklar korporativ boshqaruvida Markaziy bank rolini oshirish bo‘yicha yangi normalar kiritilishi kutilmoqda.

Foto: Behzod Hamroyev

Markaziy bank Pul-kredit siyosati departamenti direktori Behzod Hamroyev bunga quyidagicha izoh berdi: «Ba'zi banklar bor, foydasini juda yaxshi taqsim qiladi. Hammaga dividend chiqariladi. Lekin faoliyatini tahlil qilsangiz, kreditlar bilan muammolar, mijozlar omonatlarida kamchiliklar bo‘lishi mumkin. Bunday hollar ko‘p kuzatilgan. «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni mavjud. Davlat omonatchilarning puli saqlanishiga kafolat berishi kerak. Shuning orqasidan nechta bank yopilib ketdi. Markaziy bank banklarning ish faoliyatiga aralashmaydi. Faqat belgilangan normativni bajargan bo‘lsa, bemalol foydasini taqsimlayversin. Biz omonatchilarning puli butun turganiga ishonch hosil qilishimiz kerak».

Ko‘proq yangiliklar: