Vladimir Zelenskiyga aql-zakovat darajasini tekshirtirish taklif etildi

Jahon 01:22 / 07.09.2019 18083

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga aql-zakovat darajasiga testdan o‘tish taklifi bildirilgan petitsiya uning saytida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

“Zelenskiyni o‘zini g‘alati tutishi sababli mustaqil narkologik laboratoriyadan tekshiruvdan o‘tishi va IQ testi deb ataluvchi aql-zakovat darajasiga test topshirishi zarur”, deyilgan arznomada.

Petitsiya 9 yulda ro‘yxatga olingan va 2115 ovoz to‘plagan. Ukraina prezidenti arznomani ko‘rib chiqishi uchun u 3 oy ichida 25 ming ovoz to‘plashi lozim.

Ko‘proq yangiliklar: