Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘ynoq tumanida brakonerlar ishtirokida otishma sodir bo‘ldi, 3 kishi hibsga olindi (video)

Noqonuniy ovchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektorlariga hujum qilgani ma'lum bo‘ldi. Qonunbuzarlar 5 kishidan iborat bo‘lgan. Ular tomonidan inspektorlar avtoulovining o‘n joyiga o‘q uzilgan.
Baxtli tasodif tufayli jarohatlanganlar yo‘q, barcha inspektorlar sog‘-salomat. Ma'lumotlarga qaraganda brakonerlarga o‘rmon xo‘jaligi xodimi ham hamrohlik qilgan va ovchilar 20 bosh kiyikni otib o‘ldirgan va qochib ketishga uringan.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura ham bayonot berdi: “2019 yil 5 sentabr kuni soat 06:30 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi xodimlari T.Toreniyazov, D.Kallibekov va A.Kalimbetovlar tomonidan Mo‘ynoq tumanidagi “Qazaqdarya” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Akpetkey” ko‘llar tizimida o‘tkazilgan reyd vaqtida, davlat raqami bo‘lmagan “UAZ” rusumli avtomashinada bo‘lgan noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan 5 nafar fuqarolar inspektorlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, voqea joyidan qochib ketishni ko‘zlab, qo‘mita xodimlari boshqaruvidagi davlat raqami 95 Y 469 GA bo‘lgan avtomashina baloniga o‘qotar ov miltig‘i bilan o‘q uzib, voqea joyidan yashirinishgan.
Mazkur holat yuzasidan Mo‘ynoq tuman prokuraturasi tomonidan 2019 yil 6 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ulardan 3 nafari ushlangan.
Shuningdek, tezkor xodimlar tomonidan qolgan 2 nafar fuqarolar qidirilmoqda. Noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar boshqaruvidagi “UAZ” rusumli avtomashinaning davlat raqami 80 S 401 YeA ekanligi aniqlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda” deyiladi prokuratura xabarida.
Suratlar va video Nargis Qosimovaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasidan olindi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

22:21 / 07.07.2025
Turkiyada otishmada o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi

18:15 / 03.07.2025
Chikagodagi tungi klubda otishma yuz berdi. Uch kishi halok bo‘ldi va 16 kishi yaralandi

19:34 / 10.06.2025
Avstriyadagi maktabda otishma: to‘qqiz kishi halok bo‘lgan

20:12 / 22.05.2025