Islomobod Hindiston prezidentining samolyoti Pokiston ustidan uchib o‘tishiga ruxsat bermadi

Jahon 22:09 / 07.09.2019 7874

Islomobod Nyu-Dehlining Hindiston prezidenti Ram Natx Kovindning samolyoti Pokiston havo sarhadi orqali uchib o‘tishi to‘g‘risidagi so‘roviga rad javobini berdi. Bu haqda Pokiston tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiyga tayanib Agence France-Presse (AFP) xabar berdi.

"Biz bu qarorni Hindistonning xatti-harakatlariga asoslanib qabul qildik", - Qurayshiyning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Uning qayd etishicha, Hindiston Islomoboddan yakshanba kuni Islandiyaga tashrif bilan boradigan Kovindning samolyoti parvozi uchun Pokiston havo kengliklaridan foydalanishni so‘ragan. Islomobod rad javobini bergan.

Avgust oxirlarida Pokiston bosh vaziri Imron Xon Hindiston uchun mamlakat havo sarhadi butunlay yopilishi mumkinligini bildirgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: