Hindiston o‘z qurilmasini Oyga qo‘ndira olmadi

Jahon 19:51 / 07.09.2019 9694

Hindistonning Vikram ("Vikram") qurilmasi Oyga qo‘ndirilishi jarayonida u bilan aloqa uzildi, deb xabar berdi Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti.

Ma'lumot berilishicha, aloqa qo‘nish moduli besh kilometr balandlikda bo‘lgan chog‘ida uzilgan.

Qo‘nish moduli Oy sathiga og‘irligi 27 kilogramm bo‘lgan Pragyan ("Pragyan") olti g‘ildirakli lunoxodini joylashtirishi kerak edi.

Chandrayaan 2 missiyasi Hindiston Oy dasturining davomi hisoblanadi. 2008 yilda Oyga Chandrayaan 1 qurilmasi uchirilgandi.

Chandrayaan 2 loyihasining qiymati 125 mln dollar atrofida.

Ko‘proq yangiliklar: