Boyqo‘ng‘irda qurilayotgan raketa-kosmik majmuasiga Nazarboyev nomi beriladi

Jahon 20:49 / 07.09.2019 8730

Boyqo‘ng‘irda "Soyuz-6" va "Soyuz-5" raketa tashuvchilari parvoz qilishiga mo‘ljallab qurilayotgan raketa-kosmik majmuasi Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev nomi bilan ataladi. Bu haqda Roskosmos xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin VDNX ko‘rgazmasidagi rekonstruksiya qilingan "Qozog‘iston" paviloni bilan tanishish chog‘ida ana shunday taklif bilan chiqqan.  

"Start majmuasi "Nazarbayevskiy start" deb nomlanadi", - deyiladi Roskosmos xabarida.

Ma'lumot berilishicha, "Soyuz-5" raketa tashuvchisining sinov parvozlarini o‘tkazish 2023 yilga mo‘ljallangan, majmua ham 2023 yilda tayyor bo‘ladi. 

Ko‘proq yangiliklar: