Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyadagi futbol stadioni maydoniga daraxtlar ekildi

Shveytsariyalik san'atkor Klaus Littmann Avstriyaning Klagenfurt-am-Vyorterze shahridagi «Vyorterze» stadioni maydoniga yuzlab daraxtlarni ekdi.
«Tabiatning cheksiz jozibasi – o‘rmonlar uchun» deb nomlangan badiiy loyiha iqlim o‘zgarishi muammolari va o‘rmonlarning yo‘qolib borayotganiga e'tiborni jalb etishni maqsad qilgan, deb yozadi Artnews.
San'atning jonli asarini yaratish uchun 22 kun vaqt sarflandi. 300ga yaqin daraxtlarning qandag‘och, tog‘terak, zarang, eman kabi turlari Italiya, Germaniya va Belgiyadan olib kelindi.
Loyihaning asosiy g‘oyasi – agar o‘rmonlarning yo‘qolib ketishi oldi olinmasa, kelajakda daraxtlarni xuddi sport musobaqalari kabi faqat stadionlarda tomosha qilish mumkin bo‘lishiga e'tibor qaratishdir.
1982 yili xuddi shunday loyihani nemis san'atkori Yozef Boys amalga oshirishni va Yevropa bo‘ylab 7000ta eman ekishni taklif qilgan edi. Littmann esa uning shogirdi hisoblanadi.
Muvaqqat o‘rmonni 23 oktyabrgacha tomosha qilish mumkin.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qoraqalpog‘istondagi tumanda issiq tufayli bog‘chalar yopildi
O‘zbekiston | 12:20
-
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi
Jahon | 12:04
-
Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha respublika kengashi tuziladi
O‘zbekiston | 11:48
-
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi
O‘zbekiston | 11:40
Mavzuga oid

14:46 / 20.06.2025
Avstriya O‘zbekistonda agroklasterlar tashkil etishga tayyor

19:34 / 10.06.2025
Avstriyadagi maktabda otishma: to‘qqiz kishi halok bo‘lgan

14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi

15:25 / 30.04.2025