7 sentabr – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 28 yoshda!

Jamiyat 16:07 / 07.09.2019 4780

1991 yil 7 sentabr kuni Mustaqilligimizning shodiyonasiga yana bir tantana ulanib ketgandi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining tashkil etilishidir. 

Biz bugun 28 yoshdamiz!

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki yurtimizning barqaror rivojlanishida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan banklardan biridir. 28 yillik davr ichida Bank o‘zining islohotlarini amalga oshirishida avvalombor, bank o‘z xodimlarining fidokorona xizmatlarini e'tirof etadi. Yillar osha bizning hamkorlarimiz va mijozlarimiz safi kengayib bormoqda. Biz bu natijalarimiz bilan faxrlanamiz. Jamoamiz doimo xalqimizning farovon hayoti va ularning manfaati yo‘lida xizmat qilishga tayyordir.

Hurmatli bank xodimlari, hamkorlarimiz va mijozlarimiz, Sizlarni 28 yillik bayramingiz bilan tabriklaymiz!

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

Ko‘proq yangiliklar: