Mahalliy eksportyor va importyorlar uchun yangi moliyalashtirish imkoniyatlari taqdim etiladi

Iqtisodiyot 19:09 / 06.09.2019 9768

«Asaka» bank va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida savdoni moliyalashtirish sohasida hamkorlikka doir kelishuv imzolandi.

Savdoga ko‘maklashish dasturi doirasida YeTTB «Asaka» banki uchun qiymati 20 million AQSh dollari bo‘lgan kredit liniyasi ochish orqali O‘zbekistondagi importyor va eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis Drakinos, «Asaka» bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Boboxon Abdullayev va boshqalar tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan ochiq va shaffof siyosat banklar faoliyatida ham aks etayotgani, banklar tomonidan aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati oshib borayotgani ta'kidlandi.

Mazkur mablag‘ Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan savdoga ko‘maklashish dasturi doirasida ajratilib, mamlakatimizdagi import va eksport bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ushbu mablag‘ import va eksportni qo‘llab-quvvatlash, bu boradagi faoliyatni yanada rivojlantirish, savdoga oid moliyalashtirish mahsulotlari turini kengaytirishga xizmat qiladi.

Qayd etilishicha, mazkur mablag‘ «Asaka» bankning 22 ta filialiga savdo operatsiyalarini kengaytirishga harakat qilayotgan mahalliy kompaniyalarga moliyaviy resurslar taqdim etish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.

Savdoga ko‘maklashish dasturi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki investitsiya kiritayotgan davlatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda xalqaro savdoni rivojlantirishga ko‘maklashadi.

«Asaka» bank – Sizning biznes faoliyatingizdagi ishonchli hamkoringiz!

Murojaat uchun telefon: (+99871) 200-55-22

Veb-sayt: www.asakabank.uz

Telegram: t.me/bank_asaka

Facebook: fb.com/bankasaka

Instagram: @asaka_bank

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: