Lukashenko Rossiyadan og‘ir damlarda «katta og‘a» bo‘lishini so‘radi

Jahon 17:44 / 06.09.2019 20693

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya respublikaning "katta og‘asi" bo‘lishi kerakligini aytdi. Uning so‘zlarini Sputnik Belarus keltirmoqda.

Lukashenkoning qayd etishicha, belaruslar "katta og‘aga xiyonat qilishga yo‘l qo‘yishmaydi". Ammo u Rossiyada "belaruslarni yakkalamasliklarini, toptamasliklarini, og‘ir damlarda qo‘llab-quvvatlashlarini" so‘radi.

"Ular bizning odamlarimiz, bizning birodarlarimiz. Ular bilan doim birga bo‘lganmiz, ular bizga hamisha yelkadosh bo‘lishgan. Bugungi kundagi Rossiya bilan muammolarimiz esa ruslar va rossiyaliklar bilan emas. Ular bizga juda yaxshi munosabatda", — dedi Lukashenko.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Belarus Rossiyani hech qachon sotmaydi va undan yuz o‘girmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: