Hongkong politsiyasi namoyishchilarni tarqatishda travmatik qurol qo‘lladi

Jahon 20:27 / 06.09.2019 3907

Hongkong politsiyasi Mong Kok tumanidagi politsiya bo‘limi yonida to‘plangan namoyishchilarni tarqatishda rezina o‘qlar qo‘lladi. Bu haqda RTHK teleradiokorporatsiyasi xabar berdi.

Politsiya dastlab qora bayroq ko‘tarib, namoyishchilar ketmasa ko‘zni yoshlatuvchi gaz va qurol ishlatilishidan ogohlantirgan. Namoyishchilar soyabonlardan “front” hosil qilib, sekin-asta Natan roud va Shahzoda Edvard Roud Vest hududlari tomon chekina boshlashgan.

So‘ngra ikki tomon o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlanib ketgan va politsiya travmatik qurol qo‘llashiga to‘g‘ri kelgan. Biroq namoyishchilar ketmay, politsiya tomon g‘ishtlar uloqtira boshlashgan va lazerlar tushirishgan. Politsiyaning ma'lum qilishicha, namoyishchilar yo‘l chetidagi to‘siqlar va svetoforlarni buza boshlashgan.

Hongkong ma'muriyati rahbari Kerri Lem 4 sentyabrda noroziliklarga sabab bo‘lgan ekstraditsiya haqidagi qonun loyihasi to‘liq qaytarib olinishini ma'lum qilgan.

Biroq namoyishchilar hamon norozi qolib, 5 talabning bajarilishini talab qilishmoqda. Ular 12 iyundagi namoyishlarga nisbatan “ommaviy tartibsizliklar” atamasi qo‘llanmasligini, hibsga olingan barcha namoyishchilar ozod qilinishini, politsiyaning 12 iyundagi namoyishlar vaqtidagi harakatlarining mustaqil tergovi o‘tkazilishini, Hongkong ma'muriyati rahbari va qonunchilik yig‘iniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy saylovlarni o‘tkazishni talab qilishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: