Apple uchta yangi iPhone va Apple Watch soatining beshinchi modelini taqdim etadi

Fan-texnika 17:48 / 06.09.2019 7892

Apple kompaniyasi 10 sentabr kuni iPhone smartfonlari va boshqa qurilmalarining yangi modellari taqdimotini o‘tkazadi.

Apple mahsulotlari bo‘yicha ekspertlar yangi smartfonlar o‘tgan yilgi iPhone XR, iPhone XS va iPhone XS Max modellaridan unchalik ham farq qilmasligini taxmin qilishmoqda.

Yangi smartfonlar ekrani 5,8 dyuym, 6,1 dyuym va 6,5 dyuym bo‘lishi kutilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, birinchi model iPhone 11 deb, qimmatroq modellar esa Pro va Pro Max deb nomlanadi.

Tahlilchilarning fikricha, smartfonlar A13 protsessori bilan jihozlanadi. iPhone 11 4 Gb va Pro hamda Pro Max 6 Gb tezkor xotiraga ega bo‘ladi. Ular namlik va changdan yuqori darajadagi himoyalangan bo‘ladi.

Yangi smartfonlar 27 sentyabrdan sotuvga chiqishi kutilmoqda.  

Smartfonlardan tashqari, kompaniya o‘zining Apple Watch 5 aqlli soatlarini taqdim etadi. Ekspertlar shuningdek, ekrani 16 dyuymli MacBook Pro ham namoyish etilishini kutishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: