Tramp “Yevropaning boshiga ham Xitoyning kuni tushishi mumkinligi” bilan tahdid qildi

Jahon 14:42 / 05.09.2019 21299

Yevropa AQSh bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarda Xitoy duch kelayotgan muammolarga to‘qnash kelishi mumkin, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.

"Yevropa eng proteksion siyosat o‘tkazuvchilar orasida. Ular navbatdagi bizmi deb o‘tirishibdi. Balki shundaydir!", - deb yozdi u o‘z tvitterida.

Uning qayd etishicha, "Tramp Xitoyga nisbatan qilayotgan ishlar dunyoning boshqa davlatlariga ham qilinishi mumkin".

"Biz qoidalarni o‘zgartirishimiz shart. AQSh butun dunyoni himoya qilib, yana pul ham to‘lay olmaydi", - deb qo‘shib qo‘ydi Amerika rahbari.

Ko‘proq yangiliklar: