Tijorat banklari uchun moliyaviy hisobot shakllari tasdiqlandi

Iqtisodiyot 09:40 / 05.09.2019 9581

DSQ, Moliya vazirligi va MB Boshqaruvining tegishli qarori qabul qilindi, deb xabar qilmoqda Norma.
 
Hujjat bilan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan tijorat banklarining ikkita moliyaviy hisobot shakllari tasdiqlandi:
 
• “Tijorat bankining buxgalteriya balansi”;
• “Tijorat bankining foyda va zararlar to‘g‘risida hisoboti”.
 
Hisobotlar telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:

• choraklik - hisobot davri tugagandan keyingi oyning 25 kuniga qadar;
• yillik - hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay.
 
Hujjat 30.08.2019 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: