Shimoliy Koreya BMTdan o‘z xodimlari sonini qisqartirishni so‘radi

Jahon 23:21 / 05.09.2019 5849

Pxenyan BMTga maktub jo‘natib, unda Shimoliy Koreyadagi xodimlari sonini qisqartirishni so‘radi. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi.

Uning aytishicha, BMTning Shimoliy Koreyadagi joriy amaliyotlari muayyan samara keltirdi va ular faoliyatining amaldagi darajada saqlanib qolinishi hayotiy zarurdir.

Avvalroq BMTning Shimoliy Koreyada inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Tomasa Oxea Kintana o‘z dokladida 11 mln shimoliy koreyalik, ya'ni Shimoliy Koreya aholisining 43,4 foizi to‘yib ovqat yemaslikdan aziyat chekishini ma'lum qilgan. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning oziq-ovqat xavfsizligi xavotirli past darajada joylashgan.

Ko‘proq yangiliklar: