Erdo‘g‘an: boshqalarda yadro quroli bor, nega Turkiyada bo‘lmasligi kerak? 

Jahon 16:11 / 05.09.2019 25365

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an qaysidir davlatlar yadro quroliga ega bo‘lganida Turkiya uni ishlab chiqara olmasligi noto‘g‘ri ekanligini aytdi.

"Kimdadir yadroviy jangovar kallaklar bor va bir-ikkita ham emas, ammo bizda bo‘lmasligi kerak ekan. Buni qabul qila olmayman. Hozirda yadro quroliga ega bo‘lmagan rivojlangan davlat deyarli yo‘q. Hammada bor... Bizga esa “qara, unday qilma!” deyishadi. Isroil yonginamizda. Unda yadro quroli bormi? Bor. U bu qurol bilan tahdid qilmoqda", - Erdo‘g‘an.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hozirda o‘z mudofaa qobiliyatini mustahkamlash ustida ish olib bormoqda.

Turkiya 1980 yilda yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi xalqaro shartnomaga qo‘shilgan.

Ko‘proq yangiliklar: