Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda olib qochilgan Lacetti Qashqadaryodan topildi

2019 yil 30 avgust kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida yashovchi 38 yoshli O‘.B. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
U shu kuni soat 14:30 dan 15:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxslar “Obod yurt” MFY Yangi asr ko‘chasida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan Lacetti rusumli avtomashinasini haydab qochganligini ma'lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lining 73-km.dan texnik soz holda topilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi 21 yoshli Sh.Yu. va 18 yoshli I.B. sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:32 / 30.06.2025
Sirdaryoda Lacetti va Yutong ishtirokida YTH yuz berdi. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

23:00 / 30.06.2025
Qashqadaryodagi ikkita do‘konda yong‘in chiqdi

12:58 / 28.06.2025