Marhum qo‘shiqchi Uitni Xyustonning gologrammasi konsertlar beradi 

Jahon 23:55 / 04.09.2019 12788

Amerikalik mashhur qo‘shiqchi, 2012 yilda boqiy dunyoga ketgan Uitni Xyustonning gologrammasi ishtirokida 2020 yilda Buyuk Britaniyada konsertlar beriladi. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi. 

Qo‘shiqchining lazer tasviri bir necha yil davomida yaratilgan. Qo‘shiqchi gologrammasini yaratgan mutaxassislar o‘z vaqtida musiqachi Roy Orbison va qo‘shiqchi Emi Uaynxaus gologrammalarini yaratish ustida ish olib borishgan. 

“Konsert turi noodatiy tomosha bo‘ladi. Biz shouni iloji boricha haqiqatga yaqinroq qilishga harakat qildik”, deb aytgan Primary Wave kompaniyasining katta vitse-prezidenti Set Faber.

Ma'lum qilinishicha, bir nechta “Gremmi” mukofoti sovrindori gologrammasi qo‘shiqchining repertuariga kiruvchi I Wanna Dance With Somebody, The Greatest Love of All va boshqa qo‘shiqlarni ijro etadi.

Musiqa tarixidagi eng muvaffaqiyatli qo‘shiqchilardan biri bo‘lgan Uitni Xyuston 2012 yil 11 fevralda baxsiz hodisa sabab vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: