Erdo‘g‘an AQShning Idlibdagi harakatlarini qoraladi

Jahon 00:43 / 04.09.2019 10510

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQShning Suriyaning Idlib shahriga bergan aviazarbalarini qoraladi.   

“Oxirgi kunlarda AQSh, afsuski Idlibda aviazarba amalga oshirib, mojaroga aralashdi. Bu aviazarba oqibatida 700 ga yaqin tinch aholi halok bo‘ldi. Albatta, u yerda jangarilar ham bo‘lishi mumkin, biroq Idlib tobora yo‘qolib bormoqda... Bunga jimgina qarab bo‘lmaydi”, deb aytgan Erdo‘g‘an. 

Turkiya prezidenti vaziyatni Rossiya  va Eron bilan muhokama qilayotganini aytgan. Bundan tashqari, u Idlib masalasini sentyabrda BMT Bosh assambleyasida ko‘tarmoqchi.   

Idlibdagi obektga zarba berilgani haqida 31 avgustda ma'lum qilingan. Amerikalik harbiylar zarbadan maqsad “Al-Qoida” jangarilari pozitsiyalari bo‘lganini aytishgan. Zarba natijasida 40 dan ko‘proq jangari va dala qo‘mondonlari halok bo‘lgani ma'lum qilingan. 

Rossiya AQShning bu harakatlarini qoralagan. Rossiya tomonining ma'lum qilishicha, AQSh barcha kelishuvlarga zid ravishda deeskalatsiya hududiga zarba bergan.

Ko‘proq yangiliklar: