Jahon | 15:32 / 04.09.2019
4777
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada bir tonnaga yaqin kokain olib ketayotgan kema ushlandi

Foto: AP Photo / Matt Dunham

Ispaniya milliy politsiyasi va Britaniya huquqni muhofaza qilish organlari hamkorlikda o‘tkazgan operatsiya chog‘ida bortida bir tonnaga yaqin kokain bo‘lgan kema ushlandi.

Yelkanli kema Mayorkadan Ayamonte portiga (Andalusiya) kelgan, so‘ngra Tenerifeda (Kanar orollari) bort raqami o‘chirilgan. 

Surinamda kemaga giyohvand modda yuklangan va Buyuk Britaniyaga yo‘l olgan. U Uels sohillarida ushlandi. Ekipajning ikki a'zosi va to‘rt nafar yo‘lovchi qo‘lga olindi, deyiladi Ispaniya milliy politsiyasi xabarida.

Xabar qilinishicha, kemani kuzatish 2018 yilning dekabrida boshlangan.

Mavzuga oid