«Bu ajoyib insonlar yashaydigan buyuk davlat» - Tramp Polshani fojiali sana bilan tabrikladi

Jahon 07:33 / 04.09.2019 10749

AQSh prezidenti Donald Tramp Polshani fojiali sana – Ikkinchi jahon urushi boshlanishining 80 yilligi bilan tabrikladi. Bu haqda Newsweek nashri xabar berdi

Tramp Polshada Ikkinchi jahon urushi boshlanishining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishi kerak edi, biroq oxirgi lahzada «Dorian» dovuli tufayli safarini bekor qilgan. Jurnalistlardan biri AQSh prezidentidan «Polshaga ushbu fojiali sana bilan bog‘liq biror narsa aytmoqchimisiz?» deb so‘raganda, o‘zining o‘rniga tadbirlarga vitse-prezident Mayk Pens borishini nazarda tutib, bu davlat uchun «ajoyib xabar» borligini aytgan. 

«Hozircha esa Polshani shunchaki tabriklamoqchiman. Bu ajoyib insonlar yashaydigan buyuk davlat. Bizning davlatda polyaklar ko‘p – 8 mlnga yaqin bo‘lsa kerak. Biz polshalik do‘stlarimizni yaxshi ko‘ramiz», deb aytgan Tramp.

Avvalroq Tramp dovul yaqinlashayotgani vaji ostida Polshaga safarini bekor qilgan, biroq buning o‘rniga golf-klubiga jo‘nagan.

Ko‘proq yangiliklar: