Belarus Ukraina bilan chegarasini to‘liq yopdi 

Jahon 08:39 / 04.09.2019 35675

Belarus Ukraina bilan chegarasini to‘liq yopdi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ta'kidlashicha, bunga Ukrainadan qurol kirib kelayotgani sabab bo‘lgan.

“Biz o‘z inilarimiz, bizga yaqin odamlar bilan chegarani azaldan 1-raqamli dushman bo‘lib ko‘ringan NATOdan ham zichroq yopishga majbur bo‘ldik”, deb aytgan Lukashenko Minskda o‘tgan terrorchilikka qarshi innovatsion yondashuvlar bilan kurashish bo‘yicha xalqaro anjumanda.

U agar bu qurol “oddiy va ayniqsa millatchi kayfiyatdagi odamlar qo‘liga tushsa, terrorchilikni kutaver” deb aytgan.

Belarus davlat chegarasi qo‘mitasida ma'lum qilinishicha, 2018 yilda Ukraina bilan chegarada 800 dan ko‘proq o‘q-dori va 76 ta qurol musodara qilingan. O‘shanda Lukashenko davlatning janubiy sarhadlari qo‘riqlanishini kuchaytirishni buyurgan va chegarachilar soni oshirilishi mumkinligini aytgan. 

Ko‘proq yangiliklar: