AQSh Eron bo‘yicha sanksiyalarni kengaytirdi

Jahon 20:37 / 04.09.2019 6498

Vashington Eronga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi. Ro‘yxatga to‘qqiz nafar jismoniy shaxs, 16 kompaniya va oltita kema kiritildi, deb xabar qildi AQSh moliya vazirligi.

Sanksiyalar Eron, BAA, Hindiston va Livan fuqarolariga nisbatan joriy etildi. Ular transport va energetika sektori, xususan Hindistonning Vaniya Ship Management Private Limited va Bushra Ship Management Private Limited, BAAning Fourteen star Ship Management LLC kompaniyalariga aloqador. 

Ro‘yxatda shuningdek, yuqoridagi kompaniyalar va Eron bilan bog‘liq oltita neft tankeri nomi ham ko‘rsatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: