Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 yil avval yo‘qolib qolgan belaruslik qiz Rossiyada topildi

1999 yilda elekrichkada yo‘qolib qolgan belaruslik qiz Rossiyada topilib, ota-onasiga qaytarildi. Bu haqda Belarus ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
4 yoshli Yulya ismli qizcha 1999 yil 1 oktyabrda Minsk-Osipovichi elektrichkasida yo‘qolib qolgan. U otasi bilan ketayotgan bo‘lgan. Ota spirtli ichimlik iste'mol qilib, uxlab qolgan, uyg‘onganda esa qizi yonida bo‘lmagan. Qizning ota-onasi dastlab farzandlarini mustaqil qidira boshlashgan, stansiyalar bo‘ylab yurib, sotuvchilar va yo‘lovchilardan qizlari haqida so‘rashgan, uning suratlarini turli joylarga yopishtirib chiqishgan. Urinishlar besamar ketgach, ular militsiyaga murojaat qilishgan.
Yulyani poyezdlar, vokzallarda, OAV orqali qidirishgan. Biroq qizni topishga muvaffaq bo‘linmagan, ammo qidiruv haqidagi ish yopilmagan. Qizning ota-onasi umidini so‘ndirmagan va qizi tirikligiga va bir kun topilishiga ishongan.
Qizning ota-onasi dilbandi bilan 20 yildan keyin yana topishishga muvaffaq bo‘ldi. Yuliya bilan aloqada bo‘lgan Ilya degan yigit u yetim ekanligi, asrab olinganidan xabar topgan. Yulya unga elektrichkada yo‘qolib qolganini eslashini aytgan. Shundan keyin yigit internetda bedarak yo‘qolgan qiz haqidagi shunga o‘xshash voqea chop etilgan manbani topgan. Shundan keyin Yuliya va Ilya Belarus ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishgan.
Qiz bilan qidiruv bo‘limi xodimlari bog‘lanishgach, u 1999 yilda Ryazandagi temiryo‘l stansiyasida topib olinganini eslagan. Suratlar solishtirilib, sud ekspertizalari o‘tkazilgach, Yuliyaning ehtimoliy onasi bilan DNKsi solishtirilgan. Shundan keyin ushbu ayol Yuliyaning onasi ekanligiga hech qanday shubha qolmagan.
Hozirda qahramonimiz Ryazanda yashab, bir qiz farzandni tarbiyalamoqda. U o‘z uyidan bunchalik uzoqlarga ketib qolganini eslay olmaydi. Faqatgina elektrichkada uzoq ketgani, Ryazanda esa uni poyezddan militsiya xodimlari tushirib olishgani yodida. Biroq militsiyada qiz belaruscha talaffuz bilan gapirganiga nimagadir e'tibor qaratilmagan.
Hozir Yuliya qarindoshlari ko‘pligidan xursand. Qizning aytishicha, uni yo‘qotib qo‘ygan otasidan xafa emas.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevrokomissiya: HAMAS G‘azoda gumanitar yordamni tortib olayotgani haqida hech qanday dalil yo‘q
Jahon | 07:27
-
TSAHAL ilk bor Eron hujumi oqibatida harbiy obektlarga shikast yetganini tan oldi - Reuters
Jahon | 05:05
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025