Tramp AQShning asosiy dushmanlarini sanab o‘tdi

Jahon 01:08 / 03.09.2019 38120

AQSh prezidenti Donald Tramp yolg‘on tarqatuvchi ommaviy axborot vositalarini Vashingtonning asosiy dushmani deb atadi.  

“Yaxshi yangilik shundan iboratki, biz yutmoqdamiz. Bizning haqiqiy raqiblar demokratlar va kamayib ketayotgan respublikachilar emas. Bizning asosiy dushmanlar yolg‘on tarqatuvchi ommaviy axborot vositalaridir. Mamlakat tarixida hali bunday yomoni bo‘lmagan”, deb yozgan Tramp tvitterda.

Uning aytishicha, yolg‘on OAV faktlarni tekshirmaydi va manbalarga havola qilmaydi. “Ular yaxshi yangiliklarni olib, yomon qilib o‘zgartiradilar”, deb aytgan AQSh prezidenti.

Avvalroq Tramp Federal zaxira tizimi rahbari Jyerom Pauellni nosamarali monetar siyosat uchun tanqid qilib, uni va Xitoy raisi Si Tszinpinni AQShning bosh dushmanlari deb atagan.

Ko‘proq yangiliklar: