Toshkentda yo‘lovchi avtobuslar ishtirokida bir ko‘chada ikkita YTH sodir bo‘ldi

Foto: Toshshahartransxizmat
Bugun, 3 sentabr kuni Toshkent shahrida ikkita yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar qilmoqda.
Mirzo Ulug‘bek tumani, Yuzrabot ko‘chasida harakatlanayotgan, 5-avtosaroy tasarrufidagi 101- yo‘nalishda harakatlanayotgan “Mersedes-Bens” rusumli avtobus ortidan “Matiz” yengil avtomobili kelib urilgan. Yo‘l-transport hodisasida hech kim jabrlanmagan.
Ikkinchi transport hodisasi ham aynan shu ko‘chada sodir bo‘lgan. 2- avtosaroy tasarrufidagi 198- yo‘nalishda harakatlanayotgan “Isuzu” rusumli avtobus ortidan “Gazel” mikroavtobusi kelib urilgan. Ikki nafar yo‘lovchi jabrlangan.
“Hurmatli yo‘lovchi va haydovchilar. Yo‘llarda etiborli bo‘ling. Jamoat transporti harakatiga xalaqit bermang. Unda bir emas, yuzlab yo‘lovchi borligini unutmang. Ularning hayotini xavfga qo‘yishga hech birimizning haqqimiz yo‘q”, - deyiladi “Toshshahartransxizmat” ma'lumotida.
Mavzuga oid

23:41 / 07.07.2025
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi

19:00 / 07.07.2025
Vaqtinchalik ro‘yxatda turgan fuqarolarning farzandlarini maktabga qabul qilishda cheklovlar mavjud emas – MMTV

18:43 / 07.07.2025
Toshkentda yuk mashinasi avtobus bekatiga borib urildi

22:35 / 05.07.2025