Stavropol o‘lkasida Su-25 shturmchi samolyoti halokatga uchradi

Jahon 18:47 / 03.09.2019 13377

Stavropol o‘lkasida o‘quv-mashg‘ulot parvozi vaqtida Su-25UB shturmchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Mudofaa vazirligiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

Hozirda samolyotning ikki uchuvchisi qidirilmoqda, ular halokat paytida katapulta yordamida samolyotni tark etishga ulgurishgan.

«Parvoz jangovar to‘plamsiz amalga oshirilgan. Samolyot hech kim yashamaydigan joyga qulagan», — deb ma'lum qilgan Mudofaa vazirligi.

Su-25 shturmchi samolyoti jang vaqtida quruqlikdagi qo‘shinlarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan, u kichik o‘lchamdagi harakatlanuvchi va bir joyda turuvchi obektlarni yo‘q qila oladi. Samolyot 10 ming metr balandlikda soatiga 950 kmgacha tezlikda uchishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: