Rossiyada kuch tuzilmalari xodimlarining farzandlarini o‘ldirishga chaqirgan bloger olti yilga qamalishi mumkin

Jahon 09:33 / 03.09.2019 7027

Rossiya prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda huquqni muhofaza qilish xodimlarining farzandlariga nisbatan zo‘ravonlik qilishga chaqirgan bloger Vladislav Sinitsani olti yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ramoqda. 

Tergovning aniqlashicha, 31 iyul kuni Twitter ijtimoiy tarmog‘ida Maks Steklov ismli foydalanuvchi huquqni muhofaza qilish xodimlarining farzandlariga nisbatan zo‘ravonlik qilishga chaqirgan. Foydalanuvchining shaxsi aniqlandi – u 1989 yilda Moskva oblastida tug‘ilgan Vladislav Sinitsa bo‘lib chiqdi. 

Sinitsa 4 avgust kuni hibsga olindi va unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 282-moddasi (Bir guruh shaxslarga nisbatan ommaviy ravishda nafrat uyg‘otish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Sud Vladislav Sinitsani 3 oktyabrgacha hibsga oldi.  

Sinitsaning o‘zi uning so‘zlari "kontekstdan yulib olingan"ini ta'kidlab, aybiga iqror bo‘lmayapti.

— Menga nisbatan e'lon qilingan ayblovlarni, ayniqsa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining yaqinlariga tahdid qilganimni qat'iy rad etaman. So‘zlarim kontekstdan yulib olingan, — dedi u.

Vladislav Sinitsa Podolsk shahrida tug‘ilgan, Rossiya moliya vazirligi butunrossiya davlat soliq akademiyasi bitiruvchisi. Ma'lumotlarga ko‘ra, u muxolifat aksiyalarining doimiy qatnashchilaridan hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: