Huawei AQSh hukumatini kiberhujumlar va xodimlarini qo‘rqitishda aybladi

Jahon 21:37 / 03.09.2019 4242

Xitoyning Huawei kompaniyasi AQSh hukumatini o‘z xodimlarini huquqni muhofaza qilish organlari va Federal qidiruv byurosi (FQB) yordamida qo‘rqitishda aybladi.

«AQSh hukumati Huawei va uning hamkorlari faoliyatini izdan chiqarish uchun qo‘lidagi barcha vositalarni, jumladan sud va ma'muriy organlarni hamda nohalol vositalarni ishga soldi», — deyiladi korporatsiya bayonotida.

Xususan, qayd etilishicha, Amerika hukumati huquqni muhofaza qilish organlariga «Huawei kompaniyasining sobiq va hozirgi xodimlarini qo‘rqitish, tahdid qilish hamda ularni kompaniyaga qarshi chiqishga hamda ular uchun ishlashga majburlash»ni buyurgan.

Shuningdek, kompaniyaning ta'kidlashicha, Vashington Huawei serverlariga uyushtirilgan hujumlarni tashkillashtirishga aloqador. Aytilishicha, Amerika hukumati Huawei bilan o‘rtalarida nizo bo‘lgan kompaniyalar bilan til biriktirgan.

Ko‘proq yangiliklar: