Dzyudo. Sharofiddin Lutfillayev Olimpiya reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

Sport 21:24 / 03.09.2019 9584

2 sentyabrda Tokioda dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetib, uning natijalariga ko‘ra dzyudochilarning yangi Olimpiya reytingi e'lon qilindi. 

Hamyurtimiz Sharofiddin Lutfillayev 60 kggacha vazn toifasida ochkolari miqdori bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekistonlik dzyudochi jahon chempionatida oltin medal uchun kechgan final bahsida gruziyalik Chxvimiani Lukxumiga mag‘lub bo‘lib, kumush medalni qo‘lga kiritgandi.

Ko‘proq yangiliklar: