20 ming dollarni noqonuniy olib chiqish rejasi amalga oshmadi

Jamiyat 15:14 / 03.09.2019 5155

Bojxona xodimlari naqd xorijiy valutalarni mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqilishi holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan shu kabi qonunbuzarlik holati o‘z vaqtida aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

 Qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaro O‘.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va uning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida ushbu shaxs qora rangli sumkasi ichidagi ko‘ylak orasiga 20 ming AQSh dollarini ustomonlik bilan yashirgancha olib ketmoqchi bo‘lganligi aniqlandi. Ammo uning bu nayrangi o‘ziga pand berdi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: