Pokiston birinchi bo‘lib yadroviy zarba bermasligini aytdi

Jahon 22:30 / 02.09.2019 10197

Pokiston birinchi bo‘lib yadroviy qurol qo‘llamaydi. Bu haqda Pokiston bosh vaziri Imron Xon aytib o‘tdi.

“Pokiston va Hindiston yadroviy davlatlar hisoblanadi. Agar davlatlar o‘rtasidagi keskinlik kuchaysa, unda butun dunyo xavf ostida qolishi mumkin. Biz yadroviy zarbani birinchi bo‘lib bermaymiz”, deb aytgan Xon.

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar Nyu-Dehli Jammu va Kashmir shtatini qisqartirib, shtat o‘rnida ikki ittifoqdosh hudud tashkil etilishini e'lon qilgandan keyin keskinlashgan.   

Ko‘proq yangiliklar: