Olga Zabelinskaya Germaniyadagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Sport 00:22 / 02.09.2019 6949

31 avgustda Germaniyada ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Europakriterium der Bahnfahrer” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a'zosi Olga Zabelinskaya omnium yo‘nalishida 157 ball bilan 1- o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin germaniyalik Gudrun Stoskga, 3-o‘rin rossiyalik Tamara Dronovaga  nasib etgan.

Velosportchining ushbu yutug‘i O‘zbekiston Mustaqilligining 28 yillik bayramiga munosib sovg‘a bo‘ldi.

Ushbu musobaqalar sportchilarga Tokiodagi Olimpiadada ishtirok etish uchun reyting ballari beradi.

Eslatib o‘tish joiz, Olga Zabelinskaya shosse bo‘yicha velopoygalarning Tokioda o‘tadigan Olimpiada litsenziyasi egasi hisoblanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: