Malida bino qulashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Jahon 08:30 / 02.09.2019 3779

Mali poytaxti Bamakoda bino qulashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 26 kishi qutqarildi. 

Ma'lum qilinishicha, 3 qavatli bino mahalliy vaqt bilan soat 4da qulagan. 

Vayronalar ostidan 38 kishi chiqarib olingan, ulardan 12 nafari o‘lik holda bo‘lgan.

Mali24.info mahalliy portalining xabar berishicha, binoning qurilayotgan yuqori qavati uning odamlar yashayotgan qolgan qismi ustiga qulagan.

Voqea joyiga bir nechta vazirliklar rahbarlari yetib kelishgan. 

Ta'kidlanishicha, Malida binolar qulashi ruxsatsiz va qurilish qoidalariga amal qilinmagan holda qurilgan inshootlarning ko‘pligi sababli tez-tez yuz berib turadi. 

Ko‘proq yangiliklar: