Kaliforniya yaqinida kemada yuz bergan yong‘in 34 kishining umriga zomin bo‘ldi

Jahon 21:30 / 02.09.2019 4533

AQShning Kaliforniya shtati yaqinida Conception kemasida yuz bergan yong‘in 34 kishining hayotini olib ketdi. Bu haqda KTLA telekanali xabar berdi.

Ventura okrugi o‘t o‘chirish departamenti matbuot xizmati kemadagi yong‘in joyidan suratni e'lon qilgan. Unda yonayotgan kemani ko‘rish mumkin.

Taxmin qilinishicha, kemada 39 kishi bo‘lgan. Los-Anjyeles sohilbo‘yi xizmati ekipaj a'zolari omon qolganini ma'lum qilgan. 

Kema dengiz hayoti boy joylarga dayverlar uchun ekskursiyaga jo‘nashi kerak bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: