Britaniyada kruiz layneri dunyo bo‘ylab eng uzun sayohatga jo‘nadi

Jahon 09:01 / 02.09.2019 10118

1 sentyabrda Londondan 6 ta qit'a, 51 davlat va 112 portni qamrab oladigan 245 kunlik dengiz sayohatiga Viking Sun layneri jo‘nadi. Bu esa yangi Ginness rekordi hisoblanadi.

Sayohatni Viking Ocean Cruises kruiz kompaniyasi tashkillashtirgan. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi. 

Sayohatga jo‘nashni istaganlar 25 kvadrat metrlik kayuta uchun 67 ming funt sterling to‘lashlariga to‘g‘ri kelgan. Eng qimmatbaho kayuta 194 ming funt sterling turadi.

Layner 930 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Ular ixtiyorida 2 ta suv havzasi, qor g‘ori,  qishki bog‘ va spa bo‘ladi. Kemadagi 8 ta restoran esa 245 turdagi taomnoma taklif etadi.

Sayohat Skandinaviya, Karib havzasi, Janubiy Amerika, Tinch okeanining janubiy qismi, Avstraliya va Osiyoni qamrab oladi.

Sayyohlar, shuningdek, 23 ta shaharda, jumladan Rio-de-Janeyro, Ushuayya, Xobart, Xo Shi Min, Mumbay va Luksorda tunni o‘tkazishadi 

Londondan butun sayohat uchun to‘lovni amalga oshirgan 54 yo‘lovchi sayohatga jo‘nagan. Qolgan sayyohlar kemada sayohatning bir qismini o‘tkazadilar.

Ko‘proq yangiliklar: