Avgust oyining eng zo‘r smartfonlari

Fan-texnika 21:27 / 02.09.2019 38921

Bu safargi ro‘yxatda sizni Samsung Galaxy Note 10 va Note 10+, klaviatura va takrorlanmas korpusga ega Unihertz Titan, ikki ekranli Nubia Z20 va boshqa yangiliklar bilan tanishtiramiz.

Samsung Galaxy Note 10 va Note 10+ 

Yakunlangan oyning eng asosiy yangiligi — Samsung’dan flagman tipidagi ikki smartfon. Galaxy Note 10 va Note 10+ mutlaqo bir xil ko‘rinishda, ammo hajm va ba'zi xususiyatlari bilan farq qiladi. Ikki uskuna korpus ichiga yashiriladigan stilus bilan ta'minlangan.

Galaxy Note 10 va Note 10+ smartfonlariga HDR10+ standartidagi Dynamic AMOLED ekrani o‘rnatilgan va barmoq izi skaneriga ega. Diagonal kichik modelda — 6,3 dyum, imkoniyatlari — 2 280 x 1 080 piksel. Katta modelda ekran diagonali 6,8 dyum va 3 040 x 1 440 nuqtali.

Samsung muhandislari frontal kamerani stilusga o‘rnatish niyatida ekani haqidagi mish-mishlar o‘z tasdig‘ini topmadi: 10 Mp’li selfi-modul displey ustki qavatidagi mitti tirqichga joylashtirilgan. Mustaqil DxOMark manbasi mutaxassislari qurilmaning asosiy kamerasini allaqachon bozorda eng mashhuri deb belgilashdi: u sinovlarda avvalgi lider Huawei P30 Pro’ni ortda qoldirib, 113 ball to‘plagan. Note 10’da kamera uchta sensordan tashkil topgan: 12 Mp (OIS), 12 Mp (ikki karra yaqinlashtirish, OIS) va 16 Mp (123°). Note 10+ shunindek, obektlarning 3 o‘lchamli modelini yaratuvchi ToF-datchiki bilan jihozlangan.

Ikkala smartfonning ichki tuzilmasi o‘xshash: Exynos 9825 baquvvat protsessori, 8 yoki 12 GB tezkor va 256 yoki 512 GB ichki xotira, microSD kartani qo‘llab-quvvatlaydi. Gadjetlar akkumulyator hajmi bilan farq qiladi: Galaxy Note10’ning batareyasi 3 600 mA·s,  Note10+’da esa — 4 300 mA·s. Ikkisi ham tezkor va simsiz quvvat olish xususiyatiga ega.

Stilus Galaxy Note10 smartfonlariga bir necha qiziqarli xususiyatlarni taqdim etgan. Uning yordamida nafaqat suratlar chizish va qo‘lyozma matn kiritish, balki masofadan kamera va boshqa ilovalarni boshqarish mumkin.

Texnik tavsifi

Displey: Note 10’da Dynamic AMOLED, 6,3 dyuym, Full HD+ (1 080 × 2 280 piksel) va 6,8 dyuym, Full HD+ (1 440 × 3 040 piksel) Note 10+’da
Protsessor: Exynos 9825, sakkiz yadroli, 2,73 GGs chastotagacha
Kamera: asosiy — 12 Mp (bosh) + 12 Mp (teleobektiv) + 16 Mp (ultra keng burchakli),  Note 10+ qo‘shimcha ravishda chuqurlikni o‘lchash uchun TOF‑kameraga. Frontal — 10 Mp
Xotira: kichik modelda 8 GB tezkor va 256 GB doimiy, katta model 12 GB/512 GB xotiraga va microSD slotiga ega
Akkumulyator: Note 10 uchun 3 500 mA·s va Note 10+ uchun 4 300 mA·s
Tizim: Android 9.0 + One UI.

Nubia Z20

Smartfon orqa panelini nima bilan band qilish borasidagi o‘ylar ishlab chiqaruvchilarga tinchlik bermayapti. Ularning aksariyati shunchaki kamerani joylashtirishni ma'qul ko‘rishmoqda — qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Xiaomi o‘zining ehtimoliy bir modeli tashqi paneliga quyosh batareyasini o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Nubia kompaniyasi esa maydalashib o‘tirmadi va unga qo‘shimcha ekran joylashtirdi.

Nubia Z20 yangi flagmanining asosiy displeyi 6,42 dyum diagonalga va 2 340 x 1 080 piksel imkoniyatga ega. Unda hech qanday kesim va ramkalar mavjud emas. Ikkinchi ekran 5,1 dyum diagonal va 1 520 x 720 piksellarda ishlaydi, bundan tashqari bir necha qiziq jihatlarga ega.

Birinchidan, unda musiqa, vidjyet va bildirishnomalar vaqtida turli xil animatsiya effektlaridan foydalaniladi. Ikkinchidan, asosiy kamerada selfi olish uchun qo‘shimcha ekranga murojaat qilish kerak (smartfonda frontal kamera mavjud emas). Uchinchidan esa, nofaol rejim ishga tushganda ham Always on Display 2.0 funksiyasi yordamida ekranda vaqt, eslatmalar yoki QR-kod aks etib turadi. Bundan tashqari, displey qopqoq fonida deyarli farq qilmaydi va kam quvvat sarflaydi.

Sensorlari 48, 16 (122,2°) va 8 Mp bo‘lgan asosiy kamera ham orqa paneldan joy olgan, 3 karra optik va 30 karra raqamli zum bor. Smartfon o‘ng va chap chetida ikkita barmoq izi skaneri bor. Bundan tashqari, chetlar mobil o‘yinlar vaqtida yoki qandaydir ilova va funksiyasini ishga tushirishda qo‘llanadigan kliklarni sezadi.

Texnik tavsifi

Displey: asosiy — 6,42 dyuym, AMOLED, Full HD+ (2 340 × 1 080 piksel). Qo‘shimcha — 5,1 dyuym, AMOLED, HD+ (1 520 × 720 piksel)
Protsessor: Snapdragon 855 Plus, sakkiz yadroli
Kamera: 48 Mp + 16 Mp + 8 Mp.
Xotira: 6 GB yoki 8 GB tezkor, 128 GB yoki 512 GB doimiy
Akkumulyator: 4 000 mA·s
Tizim: Android 9 Pie.

Nubia Z20 allaqachon Xitoyda 3 499 yuan narxi bilan sotuvda (taxminan 490 AQSh dollari).

Unihertz Titan

Xitoyning uncha mashhur bo‘lmagan Unihertz kompaniyasidan BlackBerry qurilmalaridan ilhomlanib yaratilgani yaqqol ko‘rinib turgan juda qiziqarli smartfon. Tomchidek bir-biriga o‘xshash bo‘lgan shapaloqday smartfonlardan zerikkan bo‘lsangiz, Unihertz Titan albatta sizni rom eta oladi.

Smartfon yoritiluvchi va sensorli ishorani sezish imkoniyatiga ega QWERTY-klaviatura bilan jihozlangan. Uning tepasida 1 400x 1 400 piksel yechimli 4,5 dyum sensor ekranni ko‘rasiz. Gadjet namlik, chang va zarbadan asrovchi IP67 standartiga ega, shuning uchun ham sayyohlar va ekstremal sharoitda ishlovchilar uchun aynan mos keladi. Bundan tashqari, uning zaryadi 7 kungacha quvvat olmasdan yetishi mumkin: akkumulyator sig‘imi 6 000 mA·s. Quvvati nari borsa bir kunga yetadigan aksariyat smartfonlardan katta farq qiladi, to‘g‘rimi?

Smartfon ish faoliyatini 2,0 GGs takt chastota va 6 GB operativ xotiraga ega Helio P60 MT6771 sakkiz yadroli protsessori ta'minlaydi. Ichki xotiraning hajmi 128 GB’ni tashkil etadi. Shuningdek, simsiz quvvatlash, yuz va barmoq izi skaneri orqali xavfsizlik tizimi, sim-karta uchun gibrid turdagi slot, siz tanlagan funksiyani o‘zida mujassamlashtiruvchi dasturlashtirilgan alohida tugma, Walkie-Talkie ichki ratsiyasi va NFC modul kabi fishkalarni o‘zida jamlagan. 

Texnik tavsifi 

Displey: 4,5 dyuym, 1 440 × 1 440 piksel
Protsessor: Helio P60 MT6771, sakkiz yadroli, 2,0 GGs
Kamera: asosiy — 16 Mp frontal — 8 Mp
Xotira: 6 GB tezkor va 128 GB doimiy, microSD va ikkinchi sim-karta uchun slot bor
Akkumulyator: 6 000 mA·s
Tizim: Android 9 Pie.

Qurilma narxi 359 AQSh dollarini tashkil etmoqda. Yetkazib berish 2019 yilning dekabridan boshlanadi.

Nova 5T

Huawei kompaniyasi Nova 5T modelini taqdim etdi — avvalgi Nova 5 subflagmanining yaxshilangan talqini. Oldingisi kabi Nova 5T ham to‘rtta ya'ni 48 + 16 + 2 + 2 Mp yechimli Leica kamerasi bilan jihozlangan, ekranning chap tomonidagi tirqichda 32 Mp’li selfi-kamera joy olgan. Smartfon displeyi 6,39-dyuym, Full HD+.

Ichki tuzilma ham shunga munosib: Kirin 980 protsessori, 8 GB operativ va 128 GB doimiy xotira. Akkumulyator sig‘imi 3 500 mA·s va simsiz tezkor quvvat oladi. Barmoq izi skaneri uskunaning yon tugmasidan joy olgan. Smartfon qora, ko‘k va binafsha ranglarda ishlab chiqariladi.

Texnik tavsifi

Displey: 6,39 dyuym, 2 340 × 1 080 piksel
Protsessor: Kirin 980, sakkiz yadroli
Kamera: asosiy — 48 + 16 + 2 + 2 Mp, frontal — 32 Mp
Xotira: 8 GB tezkor, 128 GB yoki 256 GB doimiy
Akkumulyator: 3 500 mA·s
Tizim: Android 9 Pie (Magic 2.1).

Qurilma bahosi 1 599 yuanni (taxminan 223 AQSh dollari) tashkil etmoqda, sotuvlar shu kuz boshlarida start olishi kutilmoqda.

Motorola One Action

Ushbu smartfonning o‘ziga xosligi — uning kamerasi, modullardan biri 177° ko‘rish kengligi burchagiga ega. Aynan u sababli gadjet GoPro ekshn-kamerasi kabi videolarni suratga tushira oladi. Keng burchakli sensor 90° ga buriladi, shunday qilib siz smartfonni vertikal holatda ushlab gorizontal video olishingiz mumkin yoki aksincha. Tebranish effekti maxsus algoritmlar yordamida dasturiy ishga tushadi. Smartfon yurib keta turib rolik suratga olishni xushlovchilar uchun juda mos — asosiysi uni tushirib yubormaslik.

Keng burchakli kameradan tashqari, uskuna orqa panelida 12 Mp asosiy va chuqurlikni o‘lchash uchun 5 Mp kameralar ham mavjud. 12-megapikselli selfi-kamera 6,3 dyumli ekranning chap yarmidan o‘rin olgan. Motorola One Action ichki qismi uchun Samsung’dan sakkiz yadroli Exynos 9609 protsessor, 4 GB operativ va 128 GB ichki xotira, shuningdek 3 500 mA·s sig‘imli akkumulyatordan foydalanilgan. Xotira kartasi uchun slot va NFC moduli ham istisno emas. Uskuna Android 9.0 Pie’ning to‘liq nazoratida ishlaydi.

Texnik tavsifi

Displey: 6,3 dyuym, 2 520 × 1 080 piksel
Protsessor: Exynos 9609, sakkiz yadroli
Kamera: asosiy — 16 Mp + 12 Mp + 5 Mp, frontal — 12 Mp
Xotira: 4 GB tezkor, 128 GB doimiy  512 GB gacha microSD uchun slot mavjud
Akkumulyator: 3 500 mA·s
Tizim: Android 9 Pie.

Motorola One Action uchun taxminiy baho 259 yevroni tashkil etmoqda.

Samsung Galaxy A50s

Samsung kompaniyasining navbatdagi yangiligi avvalgi Galaxy A50’ga nisbatan kuchli ichki tuzilmali yaxshilangan versiyasidir. Asosiy farqi — takomillashtirilgan kamera. U uchtalik bo‘lib bosh modul 48 Mp (avvalgi modelda 25 Mp bo‘lgan) va qo‘shimcha 8 va 5 Mp sensorlar bilan birgalikda 32 Mp frontal kamera ekran yuqori qismidagi tomchi ko‘rinishdagi tirqishga o‘rnatilgan.
Galaxy A50s 6,4-dyuymli Super AMOLED displey  HD+ standartida. Qurilmaning ichki qismida sakkiz yadroli Exynos 9610 protsessori, 4 yoki 6 GB operativ va 64 yoki 128 GB doimiy xotira mavjud. Avtonomlikni tezkor quvvat oluvchi 4 000 mA·s akkumulyatori qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma 1 TB  hajmigacha microSD kartadan foydalanish imkonini beradi.

Texnik tavsifi

Displey: 6,4 dyuym, Super AMOLED, 2 340 × 1 080 piksel
Protsessor: Exynos 9610, sakkiz yadroli.
Kamera: asosiy — 48 Mp + 8 Mp + 5 Mp, frontal — 32 Mp
Xotira: 4 yoki 6 GB tezkor, 64 yoki 128 GB doimiy, 1 TB hajmgacha microSD uchun slot bor
Akkumulyator: 4 000 mA·s
Tizim: Android 9 Pie.

Smartfonning narxi hali e'lon qilinmagan.

Ko‘proq yangiliklar: